
Dr. Rudra Prasad Acharya — 21 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, Hindistonning taniqli jarrohlik onkologi.
U turli xil saraton turlarini davolash bo‘yicha yuqori malakaga ega. Dr. Rudra Hindistonning yetakchi shifoxonalarida ishlagan: Artemis Cancer Centre (Gurgaon), BLK Super Speciality Hospital (New Delhi), Max Hospital (Shalimar Bagh), PSRI Hospital (New Delhi) va Paras Cancer Centre (Gurgaon).
Dr. Rudra Prasad Acharya MBBS va MS (umumiy jarrohlik) darajalarini MKCG Medical College (Berhampur)da olgan. Shuningdek, u quyidagi yo‘nalishlarda malaka oshirgan:
— Jarrohlik onkologiyasi bo‘yicha fellowship — GCRI, Ahmedabad;
— Kolorektal jarrohlik bo‘yicha fellowship — St. George’s Hospital, Sydney;
— HPB jarrohligi (jigar, oshqozonosti bezi, o‘t yo‘llari) bo‘yicha fellowship — Komagome Hospital, Tokyo.
Mutaxassislik yo‘nalishlari
U GI/torakal onkojarrohlik bo‘yicha yetakchi mutaxassisdir. Shuningdek, sut bezi, bosh-bo‘yin va ginekologik saratonlarni davolashda katta tajribaga ega. Dr. Rudra tuxumdon va kolorektal saratonlarda qo‘llaniladigan HIPEC/PIPAC amaliyotlarini mukammal bajaradi.
U GI/GU saratonlarini kam invaziv va robotlashtirilgan jarrohlik texnologiyalari yordamida davolashda innovatsion yondashuvga ega.
Dr. Rudra suyak va yumshoq to‘qima sarkomalari uchun Limb Salvage Surgery — ya’ni a’zoni saqlovchi jarrohlikning peshqadamlaridan biridir.
Dr. Rudra Hindiston Jarrohlik Onkologiyasi Assotsiatsiyasi (IASO)ning faxriy kotibi va Xalqaro HPB Assotsiatsiyasi (IHPBA) a’zosidir. U ko‘plab konferensiyalar va treninglarda milliy darajada mentor sifatida qatnashadi. Milliy va xalqaro anjumanlarda ko‘plab ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. Uning maqolalari jurnallarda, gazetalar va ilmiy nashrlarda chop etilgan. U professional yutuqlari uchun ko‘plab mukofotlar olgan.
Ish tajribasi
• Direktor — Jarrohlik onkologiyasi, Paras Cancer Centre, Gurgaon
• Direktor — Jarrohlik onkologiyasi, PSRI Hospital, New Delhi
• Direktor — Jarrohlik onkologiyasi, Max Hospital, Shalimar Bagh
• Katta konsultant va bo‘lim boshlig‘i — BLK Super Speciality Hospital, New Delhi
• Katta konsultant — Artemis Cancer Centre, Gurgaon

