24 soatlik Xolter monitoringi - bu bemorning kundalik hayot sharoitida 24 soat va undan ortiq vaqt davomida EKGni uzluksiz qayd etishning zamonaviy usulidir.

Ushbu tekshiruv oddiy EKG orqali aniqlab bo‘lmaydigan yurak ritmi va faoliyatidagi yashirin buzilishlarni aniqlash imkonini beradi.

Bemor bir sutka davomida ixcham registratorni taqib yuradi, odatiy turmush tarzini olib boradi, tekshiruv yakunlangach esa shifokor batafsil tahlil o‘tkazib, xulosa beradi.

Xolter monitoringi nimalarni aniqlaydi:

  • Yurak urishidagi yashirin aritmiyalar va uzilishlar;
  • Miokarddagi ishemik o‘zgarishlar;
  • Taxikardiya va bradikardiya xurujlari;
  • O‘tkazuvchanlik buzilishlari;
    Belgilangan davolash samaradorligi.

Kimlarga tekshiruv tavsiya etiladi:

  • Yurak urishidagi uzilishlar va tezlashgan pulsda;
  • Bosh aylanishi, hushdan ketish va holsizlikda;
  • Sababi noma’lum ko‘krak og‘rig‘ida;
  • Gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi)da;
  • Infarktdan va yurak operatsiyalaridan keyin;
  • Kardiostimulyator ishini nazorat qilish uchun (mavjud bo‘lsa).

IndoMed klinikasida Xolter monitoringining afzalliklari:

  • Zamonaviy, ixcham registratorlar;
  • Cheklovlarsiz qulay taqib yurish;
  • Yozuvning yuqori aniqligi;
  • Tezkor va batafsil tahlil;
  • Natijalar tayyor bo‘lgan kunning o‘zida kardiolog tavsiyalari.

Kim
Leonid Lvovich