Orped-travmatolog
Yusupov Jahongir Shuhratovich

Ta'lim:

  • 2013 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining “Davolash fakulteti”ni tamomlagan.
  • 2016 yilda TTAning travmatologiya va ortopediya kafedrasida magistraturani tugatib, travmatolog-ortoped mutaxassisligini olgan.
  • Hindistondagi mashhur “Max Super Speciality Hospital, Patparganj” klinikasida professor Anil Arora rahbarligida tahsil olgan.
  • Bo‘g‘imlarni endoprotezlash va tizza bo‘g‘imi artroskopiyasi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tugatgan, shuningdek Germaniyada stajirovka o‘tgan.

Ish tajribasi

  • 2017–2019 yillarda “Akfa MedLine” klinikasida travmatolog-ortoped shifokori sifatida ishlagan.
  • 2019 yildan hozirga qadar EraMed klinikasida travmatolog-ortoped sifatida faoliyat yuritadi.

Bugungi kungacha u tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab operatsiyalar muvaffaqiyatli deb tan olingan. Uning davolash yondashuvi har bir bemorning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda tuziladi. U ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalarda faol ishtirok etadi.

Katta bo‘g‘imlarning endoprotezlash yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislarga ta’lim beradi.

U tayanch-harakat tizimi jarohatlari va kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan, katta bo‘g‘imlarning artroplastikasi (endoprotezlash) va tizza artroskopiyasini amalga oshiradi.

Shuningdek, tizza va son bo‘g‘imi artrozlari, sport jarohatlari va boshqa ortopedik kasalliklarni davolaydi. Uning a’lo darajadagi ko‘nikmalari va ko‘p yillik tajribasi barcha yoshdagi bemorlar uchun samarali davolash usullarini qo‘llash imkonini beradi.