Endokrinolog
Nasyrova Aziza Kamoljonovna

Ta'lim:

2-toifa shifokor.

  • 2007–2015 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida bakalavriat yo‘nalishida tahsil olgan.
  • 2015–2018 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida magistratura bosqichida o‘qigan.
  • 2022–2024 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasida “Davolash ishi” fakulteti bo‘yicha doktoranturada tahsil olgan.
  • Avstriya va Turkiyada endokrinologiya bo‘yicha kurslarni tamomlagan.

Ish tajribasi

Ish tajribasi: 10 yil

U endokrin tizim kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarga samarali tibbiy yordam ko‘rsatadi, jumladan:

  • Tireoidologiya - qalqonsimon bez kasalliklarini (gipotireoz, gipertireoz, tireoidit va boshqalar) o‘rganish va davolashga qaratilgan yo‘nalish.
  • Diabetologiya - eng keng tarqalgan endokrin kasalliklardan biri bo‘lgan diabetni tashxislash va davolashga ixtisoslashgan yo‘nalish.
  • Endokrin ginekologiya - ayollar reproduktiv salomatligining gormonal buzilishlari, bepushtlik va boshqa muammolarni o‘rganish va davolashga qaratilgan.
  • Kardioendokrinologiya - endokrin tizim va yurak-qon tomir tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganadi.